Toshkentda to‘xtashni taqiqlovchi yo‘l belgilari olib tashlanmoqda
Toshkent shahrida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 107 ta «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgilari olib tashlanib, 28 ta «To‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilari almashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.
Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan poytaxt ko‘chalaridagi mazkur yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.
Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasi, shuningdek, ularning ko‘cha va yo‘llarning belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi xamda yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter