Toshkentda piyoz tekin tarqatilmoqda
Bahor fasli erta kelganligi, havo xarorati keskin isib ketishi oqibatida tegishli mutasaddi idoralarning zaxiraga g‘amlangan piyozning sifati o‘zgarishi mumkinligi haqidagi xulosalarini inobatga olib, shuningdek ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida, «Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kammunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalar va ularning hodimlarini bepul piyoz bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, Toshkent shahar DSB boshlig‘i hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 2018 yil 4 aprel kuni qo‘shma qarorni imzoladi.
Qo‘shma qarorga binoan Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalarga zaxira saqlovida mavjud bo‘lgan piyoz maxsulotining bepul yetkazib berilishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.
Xususan bepul piyozning o‘z vaqtida, to‘liq va manzilli yetkazib berilishida muassasa va mahallalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilandi. Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi, Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul tarqatilayotgan piyoz maxsulotining sifati buzilmagan holda yetkazilishi nazoratga olingan.
Joriy yilning 4-apreliga qadar tuman xalq ta’limi boshqarmalarida ixtiyoriy savdo yarmarkalari tashkil qilinib piyozning narxi 800 sumdan sotilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter