Toshkentda o‘qituvchilar issiq kunda o‘t yulishga majburlandi
![Toshkentda o‘qituvchilar issiq kunda o‘t yulishga majburlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3097593448.jpg)
Toshkentdagi 218-maktabda o‘qituvchilar issiq kunlarda majburiy mehnatga "ixtiyoriy" jalb etilgani haqida tahririyatga murojaat kelib tushdi.
"Mirobod tumanidagi 218-maktabda ertalabdan o‘qituvchilar o‘t yulishyapti. Kun issiqligidan soyabon tutib olishgan. O‘qituvchi degan zot yilda bir marta "otpuska"ga chiqib, dam olishga haqqi yo‘qmi? Maktab direktorlarining tanobini tortib qo‘yadigan tashkilot bormi o‘zi?" deb yozilgan murojaatda.
Murojaatchining yozishicha, surat 2019 yil 29 iyul kuni soat 08:35 da olingan. Umid qilamizki, Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari vaziyatni xolis o‘rganib chiqishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter