Toshkentda masjidlar atrofidagi yo‘llar transport harakati uchun berkitiladi
Toshkent shahar IIBB Qurbon hayiti munosabati bilan masjidlar atrofidagi yo‘llar transport harakati uchun berkitilishini ma’lum qildi.
«Ma’lum qilamizki, Qurbon hayiti munosabati bilan 10-avgust kuni soat 24:00 dan 11-avgust kuni soat 8:00 gacha masjidlar atrofidagi yo‘llar 1 kilometr masofa doirasida transport vositalarining harakati uchun berkitiladi.
Sizlardan avtomobillarni tegishli joylarda qoldirishni va o‘zgalar uchun noquyliklar tug‘dirmaslikni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transporti xizmatlaridan foydalaning» deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter