Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat transporti narxlari qimmatlashishi kutilmoqda

Jamoat transporti narxlari qimmatlashishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Toshkentda jamoat transporti narxlari qimmatlashishi kutilmoqda.

Unga ko‘ra, narxlar naqd pul yoki bank kartalari orqali 2 ming so‘mga, transport kartalari bilan esa 1600 so‘mga oshadi. Transport kartalari orqali 1 soat davomida boshqa transportga o‘tishda chegirma amal qiladi. Masalan, bir soat ichida bir nechta avtobusdan foydalanilsa, transport kartasidan avval 1600 so‘m, so‘ngra 400 so‘m to‘lov yechiladi, keyingilarida esa pul olinmaydi.

Bir soat ichida metrodan foydalanib, keyin avtobusga chiqilganida esa mos ravshda 1600 so‘m va 1000 so‘m to‘lov qilinadi. Shu soatning o‘zida yana avtobusga chiqilsa, birinchi martada kartadan 400 so‘m yechiladi, keyingilari esa tekin bo‘ladi.

1 soatlik almashtirish tariflarining yana quyidagicha turlari joriy etiladi:

Avtobusda yurish tariflari esa quyidagi rasmda aks etgan. Unga ko‘ra, avtobusda bir kunlik yurish narxi 6 ming so‘m, bir yillik 1 mln. 350 ming so‘mni tashkil etadi. Avtobus + metro tarifida bir kunlik 7 ming so‘m, bir yillik esa 1 mln. 900 ming so‘mni tashkil qiladi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring