Toshkentda Germaniya bilan hamkorlikda biznes-forum boshlandi
Bugun, 5 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 6-yig‘ilishi doirasidagi biznes-forum boshlangan.
Forum 5-6 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad — oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha yo‘l xaritalariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini muhokama qilish, mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish, shuningdek, germaniyalik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashishdan iborat.
Ushbu forum ochilish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov, shuningdek, respublika vazirlik rahbarlari va yuqori lavozim vakillari ishtirok etgan.
Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov germaniyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Unda bir nechta muhim masalalar, jumladan, O‘zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va unga ko‘maklashish, mamlakatda IT eksport hajmini oshirish, shuningdek, BPO markazlari faoliyatini kengaytirish va ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniyaning sarmoya, tajriba va innovatsion texnologiyalarini jalb qilish bo‘yicha masalalarga ham e’tibor qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter