Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «dom» ustiga «hovli» qurilgani aniqlandi (foto)

Toshkentda «dom» ustiga «hovli» qurilgani aniqlandi (foto)

Toshkentning Yangihayot tumani «Yangi turmush» mahallasida Megapolic Building kompaniyasi tomonidan 2021 yilda foydalanishga topshirilgan yangi turar joy binosining tomida noqonuniy qurilish aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikrdan qaytarmagan.

Mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Mulkdorlar ko‘rsatmalarga amal qilmagan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring