Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda davlat stomatologiya poliklinikalari sotuvga qo‘yildi

Toshkentda davlat stomatologiya poliklinikalari sotuvga qo‘yildi

Foto: Davlat raqobat qo‘mitasi

Toshkent shahridagi ikkita stomatologik klinikani sotuvga qo‘yildi. «Spot»ga tayanib, «Daryo» nashri xabar berdi.

Toshkent shahridagi 2-sonli hamda 4-sonli stomatologik poliklinikalarning bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgan.

Birinchi ob’yekt Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 dahasida joylashgan. Umumiy maydoni 0,40 — gektar, binolar 1,4 ming kvadrat metrni egallagan. Narxi — 6,5 milliard so‘m.

Ikkinchi ob’yekt Yashnobod tumanidagi Karimov ko‘chasida joylashgan. Umumiy maydoni — 0,14 gektar, binolar egallagan maydon — 1 ming kvadrat metr. Narxi — 4,9 milliard dollar.

Poliklinikalar O‘zbekiston Prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq sotilmoqda.

To‘lov shartlari va amaliyoti haqida batafsil ma’lumotlar bilan Davlat raqobat qo‘mitasining veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring