Toshkentda bir yigit «Qichqiriq» kanaliga tushib ketdi (foto)
2018 yilning 9 mart kuni «Xavfsiz hudud» tadbiri davomida Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari mayor O. Nurjonov va leytenant J. Abdulboqiyevlar «Qichqiriq» kanalida cho‘kayotgan shaxsni ko‘rib qoladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, leytenant J. Abdulboqiyev o‘ylab o‘tirmasdan suvga tushib, cho‘kayotgan shaxsni qutqaradi va uni sohilga olib chiqadi. Qutqarilgan shaxsga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, qisqa muddatlarda yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlariga berib yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter