Toshkentda bir haftada 3 mingdan ziyod qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etildi
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida shahar ko‘chalarida jami 17905 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shundan 3376 tasida qo‘pol qoidabuzarliklar, 1906 marotaba odam tashish qoidalarini buzish, 67 tasida haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarishi qayd etilgan.
Shuningdek, 267 ta holatda transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 23 ta holatda yo‘l-patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmaslik, 6359 tasida haydovchilar transport vositasini xavfsizlik kamarini taqmasdan, 45 tasida haydovchilar tegishli ruxsatnomasiz transport vositasining yon oynalarini qoraytirgan holda boshqarishi holatlari aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter