Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir kunda 550 ta qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etildi

Toshkentda bir kunda 550 ta qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2019-yil 25-fevral kuni jami 2252 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Undan 550 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 321 ta odam tashish qoidalarini buzish,  14 ta xolatda xaydovchilar harakat davomida  uyali telefon foydalanishi,  15ta xolatda haydovchilar transport vositasini mast xolatda boshqarishi tashkil etgan.

Shuningdek, 97 ta xolatda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish, 50 ta xolatda  transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarishi holati aniqlangan.

7 ta xolatda haydovchilar yo‘l patrul xizmati inspektorining qonuniy talablarini bajarmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring