Toshkentda bir kunda 372 ta qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi
Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan 3-dekabr kuni jami 2866 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, bulardan 372 tasi qo‘pol qoidabuzarliklar, 6 nafar haydovchilar transport vositasini mast holda boshqarganligi tashkil etadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati.
Shuningdek, 15 nafar haydovchilar svetoforning taqiqlovchi qizil chiroqlariga bo‘ysunmaganligi, 239 nafar haydovchilar odam tashish qoidasini buzganligi, 145 nafar haydovchilar to‘xtash va to‘xtab turish qoidasini buzganligi uchun chora ko‘rilgan.
486 nafar piyodalar yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tganligi uchun chora ko‘rilgan, 4 nafar haydovchilar transport vositasining oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirgan holatda harakatlanganligi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter