Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatiladi

Toshkentda balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatiladi

Foto:«Adolat.uz»

Bugun 20-mart kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘rnatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hududda bahoriy ayyom Navro‘z munosabati bilan «Navro‘z» nomli sayilgoh ochiladi va musiqali favvora ham ishga tushiriladi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etishi ham ma’lum qilingan.

Mazkur bayroq Toshkentda balandligi bo‘yicha ikkinchi bo‘ladi. Eng baland 65 metrlik bayroq 2018-yil yozda Xalqlar do‘stligi maydoni o‘rnatilgandi. Respublika bo‘yicha Navoiy viloyatida ham 65 metrlik bayroq bor. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring