Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayrim markaziy ko‘chalar o‘n kunga yopiladi

Toshkentda ayrim markaziy ko‘chalar o‘n kunga yopiladi

Yo‘l yopilishi xaritasi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

2022-yilning 29-iyul – 7-avgust kunlari Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Festival kunlari doirasida qator yo‘llar avtotransport harakati uchun yopiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Xususan:

• Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida
• Zarafshon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida
• J.Neru ko‘chasi — Mustaqillik shoh ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz, deyiladi xabarda.

Festivalda poytaxtimizning 60 dan ortiq gastronomik brendlari ishtirok etadi: milliy va Yevropa taomlari oshxonalari, qahvaxonalar, restoranlar, kafelar hamda muzqaymoq va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring