Toshkentda atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazi ochildi
15-may kuni Toshkentda «O‘zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasining qo‘shma loyihasi – Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zatom» matbuot xizmatiga ko‘ra, tadbirda «Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev, Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda O‘zbekiston va Rossiya atom tarmoqlari vakillari, maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Axborot markazi O‘zbekiston aholisi uchun har bir inson atom nima ekanligi, AES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qo‘llanilishi va ko‘pgina boshqa masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydon bo‘ladi. Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan: maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshi kattalar.
Ta’kidlab o‘tish joizki, markaz faoliyati notijoriy bo‘lib, tashrif va barcha ma’naviy tadbirlar markaz mehmonlari uchun bepul. Markaz maydonida olimlarning ommaviy ma’ruzalari o‘qiladi, atom tarmog‘i mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bog‘liq turli tadbirlar tashkil etiladi.
O‘zbekistonda ochilgan Axborot markazi yetakchi hisoblanadi. Uni ochilishiga tayyorgarlik vaqtida oxirgi tendensiyalar inobatga olindi. Uning loyihalanishida tashrif buyuruvchilar tinchlik atomi haqida turli audiovizual texnologiyalar yordamida axborot olishi uchun imkoniyat yaratilgan. U zamonaviy multimedia jihozlari bilan ta’minlangan – o‘zbek va rus tillaridagi g‘ayrioddiy videodasturlar, qishloq xo‘jaligi sohasida atom texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatini namoyish qiladigan interfaol doskalar va, albatta, O‘zbekiston Respublikasida quriladigan atom stansiyasining maketi bilan. Videozalda atom energetikasi, reaktorlarning xavfsizlik tizimlari va turli sohalarda atom texnologiyalarini qo‘llash haqida turli ilmiy-ommabop filmlarni tomosha qilsa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter