Toshkentda 19 yashar rus yigiti jamoat oldida musulmon bo‘ldi (video)
Bugun, 29-iyun kuni Toshkentdagi «Bodomzor» masjidida juma namoziga yig‘ilgan jamoat guvohligida Andrey ismli 19 yashar rus yigiti musulmon bo‘ldi. Hodisaga «Xabar.uz» muxbiri ham shohid bo‘lgan.
«Bodomzor» masjidi imom-xatibining ma’lum qilishicha, Andreyning islom dinini qabul qilishiga uning ikki nafar do‘sti sababchi bo‘lgan. Shundan so‘ng Andreyga o‘ziining istagiga muvofiq musulmoncha Mahdiy ismi berilgan.
Marosim so‘ngida Mahdiyga islom dini haqida rus tilidagi kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, do‘stlarini haq dinga chorlagan do‘stlari ham taqdirlandi. Mahdiy jamoat bilan birga ilk juma namozini ado etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter