«Toshkent-Hojikent» yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar «Toshkent MTU» UK yo‘lsozlari tomonidan «Toshkent-Hojikent» yo‘nalishida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2022 yil 10 may kuni «Toshkent-Hojikent-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.
11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter