Toshkent viloyatiga 17 nafar notarius kerak
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 17 nafar notarius lavozimlariga tanlov hujjatlarini qabul qilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati davlat notarial idoralari uchun 40 nafar notarius yordamchisi hamda 18 nafar notarius kotibi lavozimlariga tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslarning hujjatlari Toshkent viloyati adliya boshqarmasida qabul qilinishi bildirilgan.
Batafsil ma’lumotlar hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar Adliya vazirligi hamda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi saytlarida keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter