Toshkent viloyatida yashovchi xaker poytaxtlik ayolning kartasidan 30 mln so‘m o‘g‘irladi
Toshkent shahrida yashovchi (ayol) N.D. ichki ishlar organiga murojaat qilib, bank kartasidagi 30 mln so‘m pulni noma’lum shaxs o‘zlashtirganini ma’lum qildi.
Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi T.A. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.A. Telegram messenjeri orqali turli mazmunidagi xabarlar (havolalar)ni jo‘natgani aniqlandi. U havola bo‘yicha kirgan jabrlanuvchi N.D.ning bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan 30 mln so‘m pulni o‘g‘irlab, o‘ziga o‘tkazib olgan va shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter