Toshkent viloyatida shamol namunali uylar tomini uchirib ketdi

Toshkent viloyatining Iyk-ota hududida namunali uylarning tomi shamol vaqtida qo‘porilib ketdi. Bu haqda Daryo - LIVE kanali Facebook’dagi «Politika, Ekonomika, Obshestvo, Jizn» guruhida qoldirilgan xabarga asoslanib ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, shamol u qadar kuchli bo‘lmagan. Guruh a’zolari ushbu namunali uylarni qurgan «Qishloqqurilish Invest» qurilish kompaniyasiga «rahmat» aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter