Toshkent viloyatida elektr energiya iste’molini hisoblashni avtomatlashtirish boshlandi
Toshkent viloyatida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Jumladan, Angren shahri hududidagi hisob nuqtalariga jami 53 036 ta elektr hisoblagichlar hamda hisob nuqtlaridan ma’lumotlarni yig‘ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 420 ta konsentratorlar o‘rnatilishi ta’minlanadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga «O‘zbekenergo» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu kungacha shaharga «Toshelectroapparat» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 15 600 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar yetkazib berilgan.
Ma’lumot uchun, Angren shahrida 50 000 ga yaqin iste’molchi mavjud bo‘lib, shu kungacha 10 000 ga yaqin xonadonga elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
«O‘zbekenergo» AJ tomonidan «Obod qishloq» hamda «Obod mahalla» davlat dasturlari doirasida butun mamlakatimiz bo‘ylab rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Prezidentning «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasi sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 milliard AQSh dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilab qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter