Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan To‘rakul Orziqulov Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

T.Orziqulov 1993 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995 yilda klinik ordinatura, 1998 yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik xastaligi xirurgiyasi bo‘limida ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori, Toshkent viloyati cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Tibbiyot fanlari doktori T.Orziqulov tayinlovga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida mas’ul lavozimda  faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring