Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari boshqa ishga o‘tkazildi
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi.
Muhokamalardan so‘ng, Sulaymonov Akbar Asqarovichni Toshkent tumani hokimi vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.
Rustam Xolmatov Toshkent tumani hokimi lavozimiga Rustamov Odilxon Bakiyevich nomzodini tavsiya qildi.
Muzokaralardan so‘ng, Odilxon Rustamov nomzodi Toshkent tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
O.Rustamov faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari v.v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
Aytishlaricha, kecha Yangiyo‘lda bo‘lib o‘tgan sessiyada ishtirok etgan Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev viloyatda 7 ta kadr o‘zgarishi haqida gapirgan. Agar bugun Toshkent tumaniga yangi rahbar tayinlansa, bu to‘rtinchisi bo‘ladi. Bungacha, Bo‘ka, Bekobod, Yangiyo‘l tumanlarida hokim yangilangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter