Toshkent va viloyatlar o‘rtasida transport qatnovi to‘xtatilmaydi — vazirlik
![Toshkent va viloyatlar o‘rtasida transport qatnovi to‘xtatilmaydi — vazirlik](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2057397151.jpg)
Bugun internet tarmog‘ida Toshkent shahri va viloyatlar o‘rtasida qatnov to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Transport vazirligi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur xabar asosga ega emas.
«Doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent shahridan viloyatlarga chiqib ketayotgan yo‘lovchilar oqimi bir necha barobarga ortib ketishi natijasida temir yo‘l vokzallari hamda avtovokzallar ayni damda har doimgidan ko‘ra gavjum.
Bu kabi vaziyat ayrim shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda tez orada Toshkent shahri bilan viloyatlar o‘rtasidagi barcha qatnovlar to‘xtatiladi, shuning uchun fuqarolar doimiy yashash manzillariga chiqarib yuborilmoqda mazmunidagi haqiqatdan yiroq bo‘lgan ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Bu kabi ma’lumotlar mutlaqo asossiz bo‘lib, Toshkent shahri bilan shaharlaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan barcha avia, temir yo‘l, avtomobil tashuvlari uzluksiz ravishda davom ettirilishini ma’lum qilamiz»-,deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 16-martdan O‘zbekistondagi bog‘cha, maktab va OTMar vaqtincha yopildi va viloyatlardan kelib o‘qiydigan talabalar qaytishi hisobiga taksi narxlari oshib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter