Toshkent tumanida MIB xodimlari qo‘lga olingani rostmi?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosining (MIB) Toshkent tuman bo‘limi xodimlari qo‘lga olingani, ular hujjatlarni soxtalashtirgan holda orqali aholidan tushgan to‘lovlarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotgani mazmunida xabar tarqaldi.
Holatga aniqldik kiritish maqsadida «Xabar.uz» muxbiri Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan bog‘landi. Byuroning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farruh Toshpo‘latov ko‘ra, vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda vahima qilinganidek emas. Ya’nikim, bir guruh MIB xodimlari «qo‘lga olinganligi» ular go‘yoki «tovlamachilik qilganligi» kabi gaplar haqiqatdan yiroq. Biroq Byuroning Toshkent tuman bo‘limi ayrim xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar mavjud. Ayni paytda mazkur ma’lumotlar bo‘yicha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Agar tekshiruvda qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlansa, aybdorlarning javobgarlik masalasi ta’minlanadi.
MIB mas’uli qayd etdiki, tizim rahbariyati «byuro xodimi» degan nomga dog‘ tushirganlarga nisbatan doim murosasiz bo‘lib kelgan, bundan keyin shunday bo‘ladi. Buning isboti shuki, o‘tgan davrda 134 nafar xodimga nisbatan 71 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 38 nafar xodimning intizomiy javobgarligi hal qilingani, shundan 9 nafari tizimdan, 7 nafari o‘z lavozimidan ozod qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter