Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar YHXB «Facebook»dagi guruhga murojaat qildi

Toshkent shahar YHXB «Facebook»dagi guruhga murojaat qildi

Foto: «The Telegraph»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi E.P. «Toshkent shahar IIBB rahbariyatining topshirig‘iga binoan YPX inspektorlariga daraxt va boshqa to‘siqlar ortida turib, yashirincha xizmat olib borish taqiqlandi, amalda-chi?», degan savol bilan murojaat qilib, ilovaga fotosurat joylashtirgan.

O‘rganish jarayonida ushbu fotosuratdagi xodim Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi 2015-yilning aprel oyidan buyon YPX inspektori lavozimida ishlamayotgani, aynan yuqoridagi savolga ilova qilingan fotosurat bundan 3-4 yil muqaddam tasvirga tushirilgan bo‘lib, o‘sha vaqtlarda internet tarmoqlarda noma’lum shaxs tomonidan joylashtirilgani, ushbu shaxs bilan shu vaqtda bog‘lanishga bo‘lgan urinishlar besamar ketgani, tarmoqqa joylashtirilgan fotosurat esa butun shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokama qilingani aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB YHXB va uning quyi tizimlarida rahbar xodimlar tomonidan kundalik o‘tkaziladigan xizmatoldi yo‘riqnomalarda shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va IIVning tegishli me’yoriy buyruqlari talablaridan chetga chiqmagan holda xizmat olib borishlari, fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lishlari uqtirilib, fuqarolarda ichki ishlar xodimlariga nisbatan salbiy fikrlar paydo bo‘lishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir qilmaslik borasida tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

«Hurmatli «Voditeli Tashkenta» guruhining a’zolaridan ishonchli ma’lumotlarni yuborishlarini va muallif anonimligidan foydalanib, «tuhmat» va «haqorat qilish» moddalariga tushadigan xatti-harakatlarni qilmasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.


Ma’lumot uchun, tuhmat – O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi va haqorat qilish 41-moddasida qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring