Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar prokuraturasi «qovun tushirdi»! Bu birinchisi emas...

Toshkent shahar prokuraturasi «qovun tushirdi»! Bu birinchisi emas...

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar prokuraturasi yana «qovun tushirdi». Mahkamaning «Telegram» tarmog‘idagi sahifasida yaqinda Toshkentda o‘ldirib ketilgan dizayner Narimon Grigoryanning qonga belanib yotgan murdasi suratlarini e’lon qilib yubordi! Yana deng, aniq-tiniq qilib, bir emas, bir nechta?! Ulardan «rang olgan» boshqa sayt ham dahshatli manzara kasb etgan suratlarni  ko‘chirib bosdi...

O‘sha sahifalarga atay havola bermadik. Dahshatli manzaralarga ko‘plab foydalanuvchilarning ko‘zi tushishiga sababchi bo‘lishdan  tiyildik, rosti.

Biroq gap bunda emas. Gap shundaki, hali ochilmagan o‘ta og‘ir jinoyatga oid materiallarni hozirdanoq oshkor qilish qanchalar maqsadga muvofiq? Buning uchun inson qanchalar farosatli bo‘lishi kerak?! Bunday xatti-harakatlari bilan poytaxt prokuraturasi nima demoqchi?! Undan «o‘rnak» olgan hamkasblarimiz-chi?!

Nima, marhumning yaqinlari, qolaversa, o‘quvchilarning ruhiyati, tuyg‘ulari bir tiyinmi?! Yoshlarni «ujas» kinolar ko‘rishdan qaytarish qiyin bo‘lgan ayni zamondan turgan-bitgani dahshat bo‘lgan suratlarni  prokuratura organining o‘zi tarqatayotganiga qanday izoh berish mumkin?

Shubha yo‘qki, savollar egasini topadi. Javob ham hayallamasa kerak.

P.S. Bu Toshkent shahar prokurasining birinchi marta «qovun tushirishi» emas. Mahkama ikki oy avval Olmazor tumani hokimi sobiq o‘rinbosari va «Kun.uz» xodimi o‘rtasidagi mojaro yuzasidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing uyushtirgan, biroq favqulodda tashkil etilgan  o‘sha tadbir ham... «yemagan»di!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring