Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i har 10 kunda TV orqali ochiq muloqot o‘tkazadi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i har 10 kunda TV orqali ochiq muloqot o‘tkazadi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i:

— har o‘n kunda Toshkent shahar aholisi bilan poytaxt ichki ishlar organlari faoliyati masalalari bo‘yicha mahalliy telekanallar efirlarida maxsus ko‘rsatuvlarni berib borish orqali ochiq muloqot o‘tkazadi;

— har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.

Shuningdek, muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari har chorakda, ularning o‘rinbosarlari esa har oyda Toshkent shahri tumanlari xalq deputatlari Kengashlari majlislarida hisobot beradilar, bunda ular tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy ruhda muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek, egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi.

Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari har oyda aholi oldida biriktirilgan hududlarda, har olti oy davomida ushbu hududda istiqomat qiluvchi barcha oilalarni qamrab olgan holda, ular tomonidan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan choralar yuzasidan hisobot beradilar.

Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limlarining profilaktika inspektorlariga xizmat o‘tash vaqtida agarda biriktirilgan hududda tezkor-profilaktik xizmat ko‘rsatilmay qolishiga olib keladigan bo‘lsa, hududni tashlab ketishga ruxsat berilmaydi.

Ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun, birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda respublika miqyosida bir-birlariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan, tadbirlarni o‘tkazish va ma’lumot to‘plash bo‘yicha topshiriqlar berish huquqi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-fevral kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i etib Rustam Jo‘rayev tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring