Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PQ-50, 09.02.2023) qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) hisobidan Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
Mazkur kredit mablag‘larining 200 mlrd so‘mi 2023-yilning IV choragida, 384 mlrd so‘mi 2024-yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan Jamg‘armaga qaytariladi.
Toshkent shahar hokimligi, mazkur qarorning 1-bandida belgilangan kredit mablag‘lari hisobidan, shaharning har bir mahallasiga qo‘shimcha 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratadi.
Toshkent shahrining tuman hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarning ro‘yxatlarini xalq deputatlari tuman kengashlarida muhokama qilib, tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter