Toshkent shahar hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi
Mukarram G‘aybullayevna Azimova Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati rahbari — matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Mukarram Azimova 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
2019-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter