Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahriga hokim tasdiqlandi

Toshkent shahriga hokim tasdiqlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimligiga qayta tasdiqlandi. Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.

Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umrzoqov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Shavkat Buranovich Umrzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring