Izoh: Toshkent metrosida jetonlardan foydalanish to‘xtatilmagan
Joriy yil 1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jeton sotish to‘xtatilgan, ammo mavjud jetonlardan foydalanish yil oxirigacha davom etadi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xabar berdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilinishi bekor etilganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda. Ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligini rasmiy ma’lum qilamiz.
Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 1-noyabrdan boshlab metroning kassalarida jetonlar sotilishi to‘xtatildi. Ammo, shu bilan birga, jetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31-dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjid. Jetonlar bilan to‘lovni Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi «Yunusobod» va «Turkiston» stansiyalari bundan mustasno» - , deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter