Toshkent ko‘chalarida YPXning ayol xodimlari paydo bo‘ldi
PPX maxsus patrul xizmati ortidan opa-singillarimiz o‘zlarini yangi yo‘nalish — YPXda ham sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ushbu tajriba poytaxtdagi «Toshkent» markaziy temiryo‘l vokzali va Toshkent xalqaro aeroporti hududida sinovdan o‘tkazilmoqda. «Agar natija kutilganidek bo‘lsa, u holda yo‘llarda YPX xodimlari qatorida ayol xodimlarimizni ham uchratish mumkin bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Hozir ikki nafar ayol xodim sohaning tajribali erkak xodimlaridan tartibga solinmagan, tirbandlik yuzaga kelgan chorrahalarni boshqarish va imtiyozga ega bo‘lgan avtotransport vositalarini o‘tkazib yuborish kabi holatlarda to‘g‘ri harakatlanishni o‘rganmoqdalar.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, qator xorij mamlakatlarida yo‘llarda forma kiygan ayol YPX xodimlarini ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘z xizmat vazifalarini erkaklardan kam bo‘lmagan darajada o‘tashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter