Toshkent havosidan kuyindi hidi kelmoqda

Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyindi hidi kelmoqda.
IQAir xizmati reytingida O‘zbekiston poytaxti 11 yanvar soat 09:00 holatida 9-o‘rinda (kechqurun — 8-o‘rin bo‘lgan).
«O‘zgidromet» ochiq havodagi ishlardan tiyilish, tibbiy niqob taqish, derazalarni ochmaslik va agar mavjud bo‘lsa, havo tozalagichdan foydalanishni tavsiya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter