«Toshkent bo‘yicha takliflar tayyorlandi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari shahar aholisi soni oshishi kutilayotganini ta’kidlab o‘tdi va shaharsozlik masalasida rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
— Tahlillarga ko‘ra, 2026 yilga borib, poytaxt aholisi 3,2 million nafardan ortishi kutilmoqda. Yana yarim milliondan ziyod odam kuniga shaharga kelib ketadi.
Bu o‘z navbatida, shahar infratuzilmasi, ta’lim, tibbiyot, jamoat transporti, uy-joy kommunal va boshqa barcha sohalarga yuklamani ancha oshishiga olib keladi.
Shularni inobatga olib, kelgusi besh yilda Toshkent shahrini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Unga ko‘ra kelgusi besh yilda quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:
- Toshkent yashash uchun qulay yashil shahar;
- Biznes uchun ulkan imkoniyatlar shahri;
- Mintaqaviy investitsiyalar markazi;
- Raqamli poytaxt;
- Bilim va innovatsiyalar shahri;
- Poytaxt – madaniyat va ma’rifat bulog‘i;
- Sog‘lom turmush va sifatli tibbiyot.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter