«Toshkent bitimi» imzolanishi kutilmoqda
Bugun, 24-mart kuni Simpoziumlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 26-27-mart kunlari poytaxtimizda o‘tadigan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiya matbuot markazining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi yakunida Toshkent bitimini imzolanishi kutiliyotgani xabar qilindi. Shuningdek, mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani ishtirok etishi kutilmoqda.
Qolaversa, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham Toshkentga keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter