«Toshkent — Andijon» va «Toshkent — Samarqand» pullik avtomobil yo‘llari quriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga ko‘ra «Toshkent — Andijon» va «Toshkent — Samarqand» pullik avtomobil yo‘llari qurilishi belgilab olindi.
«Toshkent — Andijon» pulli yo‘li qurilishi bo‘yicha 2019 yilning iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish ko‘zda tutilgan. Qurilish tenderi g‘olibini e’lon qilish va u bilan bitim tuzish muddati 2020 yilning dekabriga belgilandi. Yo‘l qurilishi 2021 yilning avgust oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
«Toshkent — Samarqand» pullik yo‘li qurilishi Turkiyaning «Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S», «KaneH» va «Komm» kompaniyalari konsorsiumi bilan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘li marshrutini o‘rganish va dastlabki hisob-kitob ishlarini ishlab chiqish 2019 yilning may oyiga belgilangan. Qurilish joriy yilning 4-choragida boshlanishi va 2021 yilning 4-choragida avtomobil yo‘li foydalanishga topshirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda pullik yo‘llar paydo bo‘lishi va ular qay tariqa xizmat ko‘rsatishi haqida saytimizda avvalroq ma’lumotlar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter