Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘l hokimining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi

To‘rtko‘l hokimining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani hokimining qarori bilan hokimning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari ishdan ketgan.

Xususan, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Rahmonberdi Ibodullayev lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, Shukurullo Ataniyazov To‘rtko‘l tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ketgan. Hozircha ularning ishdan olinish sabablari ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring