Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘ra Bobolovning lavozimidan ozod etilishi haqida xabarlar tarqaldi

To‘ra Bobolovning lavozimidan ozod etilishi haqida xabarlar tarqaldi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda» degan mazmunda xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

«Norasmiy manbalar tomonidan tarqatilgan xabarlarda go‘yoki Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning o‘rnini bo‘shatishi aniq bo‘lgani, biroq uning o‘rniga nomzod tanlanayotgani bois jarayon biroz cho‘zilayotgani aytiladi.

Bu xabarlar mutlaqo asossiz bo‘lib, vohadoshlarimizdan norasmiy manbalar va ijtimoiy tarmoqlardagi bu kabi asoslanmagan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini  so‘raymiz», deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalro O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgandi.

Bunga uning majlis qatnashchilarini haqorat qilgani (audio) sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring