Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qqiz tonna etil spirti sotayotgan shaxs ushlandi

To‘qqiz tonna etil spirti sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent tumanida 9 tonna etil spirtini sotayotgan shaxs ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.Yu. hech qanday hujjatlari bo‘lmagan jami 9 tonna etil spirtini fuqaro V.L. boshqaruvidagi “MAZ” rusumli yuk avtomashinasida olib kelib, fuqaro I.A.ga 164,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring