Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi to‘lov asosida daraxt kesish mumkin bo‘ladi

Endi to‘lov asosida daraxt kesish mumkin bo‘ladi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligining«Huquqiy axborot» kanali.

Nizom bilan, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish hamda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi.

Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslashuvchanligiga, yer osti suvlarining yaqinligi, yerning sho‘rlanish darajasi hamda sug‘orish tizimi mavjudligiga qarab amalga oshiriladi.

2019-yil martgacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqiladi hamda 2019-yil iyun oyigacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.

Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish har 5 yilda bir marta o‘tkaziladi. Xatlovni o‘tkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. Xatlov o‘tkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlansa, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritiladi.

Sanitar maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari:

-quriyotgan yoki qurib qolgan;

-betartib o‘sishi natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;

-kasallangan;

-turli infratuzilmalar faoliyatiga halaqit berayotgan;

-shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar ta’sirida sinishi natijasida odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.

Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari yoki ushbu turdagi xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan to‘lov evaziga amalga oshiriladi.

Daraxtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kesish quyida keltirilgan to‘lovlar asosida amalga oshiriladi:

Foto:«Huquqiy axborot»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring