Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» strategik muhim hududni egallaganini e’lon qildi

«Tolibon» strategik muhim hududni egallaganini e’lon qildi

Toliblarga qarshilik qilayotgan Panjsher viloyatining strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xinj va  Annaba tumani  harakat nazorati ostiga o‘tgan.

Bu haqda harakat rasmiy vakili Bilol Karimiy ma’lum qilgan.

«Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Panjsherning eng strategik hududi bo‘lgan Xinj va viloyat markazi yaqinidagi Annaba tumani  ham to‘liq bosib olindi, faqat Abshar tumanining asosiy hududi qoldi», - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Tunda Panjsherdagi qarshilik kuchlari jangarilarga taslim bo‘lish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan, biroq ular viloyatga kirmoqchi bo‘lganlarida, pistirmaga tushib qolishgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentyabr kuni Panjsher bo‘yicha bir-biriga zid axborotlar tarqatildi. Hatto Kobulda viloyat olingani o‘qlar otilib nishonlandi. Ammo Qarshilik kuchlari viloyat taslim bo‘lganini rad etdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring