Tojikistonga vizasiz rejim qachon kuchga kiradi?
2018-yilning 9-10-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi. Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilishlari mumkin, deyiladi TIV axborot xizmati xabarida.
Ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter