Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi ogohlantirildi
Gidrometeorologiya xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 13-16-avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi mavjud.
Shu sabab Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Gidrometeorologiya xizmati ushbu hududlar aholisini ogohlikka chaqirdi.
Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, FVVning «1050» qisqa raqamiga murojaat etish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter