TIV Madinada sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Saudiya Arabistoni OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 16-oktyabr kuni Madina okrugining Al-Ahal tumanida 39 nafar yo‘lovchisi bor avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Avtobus og‘ir yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida 35 kishi vafot etdi, 4 ta yo‘lovchi jarohat oldi va kasalxonaga yotqizilgan. Saudiya Arabistoni tegishli organlari va Qizil yarim oy boshqarmasining vakillari hodisa sabablari yuzasidan tekshiruvlarni boshladi.
Vafot etganlar Saudiya Arabistonida yashovchi Osiyo va arab mamlakatlaridan kelgan ekspatriantlar ekanini xabar qildi.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalariga mazkur hodisa oqibatida vafot etganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter