TIV Finlyandiyadan soxta diplom sabab 140 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinishini tasdiqladi
![TIV Finlyandiyadan soxta diplom sabab 140 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinishini tasdiqladi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4172942877.jpg)
Ayrim OAVlarda soxta diplom bilan ishlashda gumon qilingan 140 nafar O‘zbekiston fuqarosining Finlyandiyadan deportatsiya qilinishi haqidagi ma’lumot e’lon qilindi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ushbu xabar yuzasidan munosabat paydo bo‘ldi.
«O‘zbekistonning Riga shahridagi (Latviya) elchixonasi ta’lim muassasini tugatganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbalikiligi gumon qilingan O‘zbekiston fuqarolarining Finlandiyadan deportatsiya qilinganligi qator OAVlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.
Ayni paytda elchixona vaziyatni nazoratga olgan hamda batafsil ma’lumot olish uchun Finlandiyaning rasmiy vakillari bilan aloqa o‘rnatgan» deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter