Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV: elchixona xodimlari jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni evakutsiya qilmoqda

TIV: elchixona xodimlari jang ketayotgan hududlardan ham fuqarolarni evakutsiya qilmoqda

foto: xabar.uz

2022 yilning 5-6 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 440 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetgaman shaxs va 20 ta chaqaloq olib kelindi. Bu haqda TIV rasmiy vakili ma’lum qildi.

28 fevraldan 5 martga qadar 16 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 3 685 nafar vatandoshimiz qaytarildi. Shuningdek 6 mart kuni ham qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

«O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar» deyladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring