Tinib-tinchimagan olimlar. Yangi turdagi qor parchasi kashf etildi
Shvetsiyalik olimlar rentgen apparati yordamida qor parchasining yangi ko‘rinishini aniqlashdi. Mazkur qor parchasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotda Shvetsiya shimolida joylashgan Texnologiya universiteti qoshidagi yangi qor akademiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
Akademik Yuxan Kasselgrenning ta’kidlashicha, rentgen apparati orqali alohida kristallarni ko‘rish imkoniyati tug‘ilgan. Tadqiqot davomida adabiyotlarda ta’riflanmagan qor parchalari aniqlangan. Uning aytishicha, yangi qor parchasi cho‘ziqroq shakldagi yulduzga o‘xshaydi. Qor qoplamasi tekis bo‘lmay, ichi bo‘sh va tunnel kabi cho‘zilgan.
Shuningdek, olimning ta’kidlashicha, qor parchalari yog‘ayotgan paytidagini turlicha. Yerga tushib eskirgach, ular muz kristallariga o‘xshab qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter