Tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq, bir guruh tibbiyot xodimlari mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
Abdullayev Murod Bobojonovich - Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati
Isoqulov To‘lqin O‘rolovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshlig‘i
Kariyev G‘ayrat Maratovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Navro‘zov Mahmadali - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i
Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna - Farg‘ona tumanidagi «Shohimardonobod» qishloq vrachlik punki mudiri, Farg‘ona viloyati
Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna - Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Andijon viloyati
Sagirov Anvar Midxatovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
Hojiboyev Abduhakim - O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Jumayev Baxtiyor Shernovich - Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Beknazarov Jumanazar Beknazarovich - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya bo‘limi professori
Rahmatullayev Mahmud - Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati
To‘rayev Namoz Abdusamatovich - Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Boboyeva Zamira Qayumovna - Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi
Karimova Rahbar Nurmatovna - Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori
Mahmudova Mahbuba Omonovna - Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri
Salomov Ulug‘bek Inoyatovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri
Xolboyeva Tursun Omondullayevna - Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Agranovskiy Mark Leyzerovich - Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri
Ahmediyev Mahmud Mansurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi mudiri
Karimjonova Vazira Xolmatovna - Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri
I darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abdujabbarov Xolmo‘min - G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionisti, Jizzax viloyati
Abdurazzoqov Alijon G‘aniyevich - Uchko‘prik tumanidagi «Mehrigiyo» xususiy korxonasi agronomi, Farg‘ona viloyati
Abdurayimov Bahodir Tursunovich - «Chortoq resort» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Abdurahmonov Komil Hamroqulovich - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri
Borisova Yelena Mixaylovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi
Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich - Chilonzor tumanidagi «Magnum Medikal Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Mamarahimov Habibulla Muxtorovich - Izboskan tumanidagi «Doktor Habibullo shifo nur» xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati
Muhiddinova Minnigul Asqarovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi o‘rinbosari
Nazirov Feruz G‘afurovich - «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat unitar korxonasi direktori
Obidov Qobuljon Orifovich - Marhamat tumanidagi «Orifjon shifo maskani» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Ro‘zimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi «New Life Medical» xorijiy korxonasi ta’sischisi, Toshkent shahri
Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich - Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Ubaydullayev O‘rozboq - Jizzax viloyatidagi «Istiqlol» bolalar oromgohi direktori
Usmonov Hoshim Hamidovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshlig‘i
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abdullayev Omondulla Ubaydovich - Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi
Abdullayeva Shohista Ergashevna - Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘limi mudiri
Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari
Akbarova Farida Shorahimovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati
Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich - Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti
Bo‘tayeva Dilbarxon Ahmadovna - Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Namangan viloyati
Dolimova Dilbar Akbarovna - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri
Dushamova Mehribon Shavratovna - Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori
Jalilov Adham Qahramonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Ismoilova Gulnora Ahmedovna - Samarqand shahridagi «Dardgir-shifo» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Ismoilova Adolat Abdurahimovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri
Qobilova Shahodat Bobomurodovna - Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Qalandarova Lola Nurullayevna - Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori
Karimova Nargiz Quddusovna - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori
Madaminov Ma’rifjon - Respublika o‘lat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri
Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokorining o‘rinbosari
Meyliyev Qahramon Ergashovich - Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati
Mironets Olga Artemovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri
Nurullayev Qurbonnazar Aminovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish xizmati bosh shifokori
Oltiyev Usmon Bebitovich - Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
Pirnazarov Ma’ruf Mahmudjonovich - Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i
Sultonova Muhabbat Muydinovna - Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori
To‘rayev Ahmad Musurovich - Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati
Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich - Farg‘ona viloyati perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri
Umarov Shuhrat Jumadullayevich - Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri
Xo‘jayev Bozor Ozodovich - Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati
Hojimuhamedova Ra’no Abdullayevna - Olmazor tumanidagi «G‘uncha Med servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Xudoyberganov Ramatillo Karimovich - Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati
Sharipov Ravshan Ollayorovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori
Yuldoshev Safarboy Rajabovich - Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Xorazm viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Rizayev Kamol Saidakbarovich - Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bosh sanitariya shifokori
Arabova Salima Bozorovna - Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika bo‘limi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati
Bayburina Go‘zal Salavatovna - Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya bo‘linmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi
Bayzaxova Raya Kosshigulovna - Tomdi tumanidagi «Keregetau» qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
Dilov Elbek Shukrulloyevich - Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya bo‘limi narkolog-shifokori
Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna - Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi
Ismatova Ra’no Ahadovna - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori
Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Mamadaliyev Jo‘raqul - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik bo‘linmasi vrachi
Pirova Feruza Boltayevna - Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri
Rahmonova Go‘zalxon Sadbarovna - Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya bo‘limi laboranti, Namangan viloyati
Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich - Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Andijon viloyati
Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich - Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi shifokori
Eshonqulova Hilola Abdusalomovna - Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sun’iy buyrak bo‘limi katta tibbiy hamshirasi
Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna - Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Saidazimov Firuz Shoazimovich - O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi (volontyor)
Safarova Kamola Hamroyevna - Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor)
«Jasorat» medali bilan
Ne’matov Odiljon Nizomiddinovich (marhum) - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri
Rustamov Farrux Farhodovich (marhum) - Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
Sharipova Venera Vasilevna (marhum) - Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri
Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum) - Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri
«Shuhrat» medali bilan
Barotova Kamola Uzoqovna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Buxoro viloyati
Dehqonova Shahnoza Zoirovna - Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti
Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani
Mardonova Sohiba Mamarahimovna - Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi
Sagdullayev Abdullo Narzullayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori
Suvonqulov O‘ktamjon Toirovich - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori
Xayriddinova Nasibaxon No‘’monovna - Andijon viloyati «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyi hamshirasi
Xolmurodov O‘rozmurod Qarshiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari epidemiologiya bo‘linmasi boshlig‘i
Xudoyqulova Gulnora Karimovna - Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti
Sharipov Azamat Bahodirovich - Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bo‘lim mudiri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter