Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot OTMlarida o‘qish an’anaviy shaklda boshlanmoqda

Tibbiyot OTMlarida o‘qish an’anaviy shaklda boshlanmoqda

Foto:«UzReport»

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarini qisman an’anaviy shaklga o‘tkazishga ruxsat berildi.

Shunga ko‘ra, oktyabr oyidan:

- Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallari,

-  Toshkent tibbiyot pediatriya instituti,

- Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti,

- Toshkent farmatsevtika instituti,

- Toshkent davlat stomatologiya instituti,

- Andijon davlat tibbiyot instituti,

- Buxoro davlat tibbiyot instituti,

- Samarqand tibbiyot institutining bakalavriat yo‘nalishini bitiruvchi bosqich talabalari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanmoqda.                                                     

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarda o‘qish 2- oktyabrdan boshlanishini inkor qilgan.      

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring